XIZMATLAR RO‘YXATI
Loyiha g‘oyasidan tortib ishlab chiqishgacha bo‘lgan to‘liq sikldagi texnik hujjatlashtirish
Texnik topshiriqni noldan ishlab chiqish
Tizim arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi sxemasi, biznes-jarayonlar (BPMN), foydalanuvchi rollari, barcha funksional modullar, nofunksional talablar va server parametrlarini qamrab oluvchi to‘liq Texnik topshiriq tayyorlanadi.
Mavjud TT ni ekspertiza tahlili va auditi
Tayyorlangan TT hujjati davlat ekspertizasi talablari, axborot xavfsizligi qoidalari va tizimli arxitektura mantig‘i bo‘yicha to‘liq tahlil qilinadi. Barcha xavflar va kamchiliklar bo‘yicha rasmiy xulosa beriladi.
Ekspertiza topshirishga kompleks tayyorgarlik
Hujjatning davlat organlari va ixtisoslashgan ekspertiza tashkilotlari talablariga 100% javob berishini ta’minlash, barcha ilovalar, jadvallar va normativ havolalarni to‘g‘rilash.
Ekspertiza e’tirozlarini bartaraf etish va qayta ishlash
Ekspertiza komissiyasi tomonidan berilgan salbiy yoki takomillashtirish talablarini qisqa muddatda qonuniy va texnik asoslab bartaraf etish, tuzatilgan matnni rasmiylashtirish.
Funksional talablar va arxitekturani loyihalash
Dasturchilar va buyurtmachi o‘rtasida hech qanday noaniqlik qolmasligi uchun tizimning har bir ekrani, tugmasi, hisob-kitob algoritmi va ma’lumotlar validatsiyasi bo‘yicha talablar aniq yoziladi.
Integratsiya va API talablarini ishlab chiqish
Davlat xizmatlari portali, idoralararo integratsiya platformalari, bank to‘lov tizimlari, billing va tashqi reestrlar bilan uzluksiz bog‘lanish protokollari va xavfsizlik qoidalari.
Professional texnik konsalting va audit
Yangi loyihalarni rejalashtirayotgan davlat va xususiy tashkilotlar uchun tizimli tahlil, texnologik xavflarni baholash va byudjetni optimallashtirish bo‘yicha individual konsalting sessiyalari.