TZISHNIK.UZ HAQIDA
Axborot tizimlari va raqamli platformalar uchun davlat standartlari va dasturchi jamoa uchun mos Texnik topshiriqlar ishlab chiqish
TZISHNIK.UZ — O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, ta’lim, va xususiy korxonalar uchun axborot tizimlari, mobil ilovalar va integratsiya platformalarining davlat standartlari (O‘z DSt 1987:2018) va dasturchi jamoa talablari asosida professional Texnik topshiriqlarni ishlab chiquvchi ekspert jamoasi hisoblanadi.
Davlat va xususiy sektor raqamli tizimlarida Texnik topshiriq (TT) — bu shunchaki qog‘oz emas, balki loyiha arxitekturasi, integratsiya shlyuzlari va hujjati hisoblanadi. Bizning vazifamiz — loyihangizni dastlabki g‘oya bosqichidan boshlab, davlat ekspertizasi 100% muvaffaqiyatli o‘tgunga qadar yoki dasturchi jamoa loyihani qanday ishlab chiqishini tushuntirishga amaliy hamrohlik qilishdir.
Nima uchun sifatli Texnik topshiriq zarur?
Texnik topshiriq — axborot tizimining poydevori bo‘lib, u dasturlash xarajatlarini tejashga yordam beradi, loyihani o‘z vaqtida topshirilishini ta’minlaydi va eng asosiysi — davlat ekspertizasidan ijobiy xulosa olish yoki dasturchi jamoa o‘rtasida topshiriqlarni aniqliligi va tushunarliligini kafolatlaydi.
Ekspertiza va tajriba ko‘rsatkichlari
Ish faoliyatimizning asosiy prinsiplari
Davlat standartlari yoki Dasturchi jamoa uchun 100% muvofiqlik
Hujjatning har bir bo‘limi standartlar tuzilmasiga qat’iy rioya qilgan holda tuziladi.
Ekspertizada shaxsan himoya qilish yoki dasturchi jamoani loyiha bilan tanishtirish
Biz faqat hujjat yozib bermaymiz, balki uni ekspertiza komissiyasi yoki dasturchi jamoa oldida himoya qilamiz, barcha savollarga texnik dalillar bilan javob beramiz.
Konfidentsiallik va xavfsizlik kafolati
Barcha taqdim etilgan loyiha ma’lumotlari, arxitektura chizmalari va ma’lumotlar bazasi sxemalari qat’iy sir saqlanadi.
Loyihangiz uchun Texnik topshiriq kerakmi?
Dastlabki bepul konsultatsiya va hujjat auditini oling.