LOYIHANGIZNING ENG MUNOSIB HUJJATLASHTIRUVCHI HAMKORINGIZ!
Unda siz to‘g‘ri saytdasiz! Biz professional tarzda hujjatlashtirish va zarur texnik hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq muammolarni siz uchun hal qilamiz.
| 50+ Texnik topshiriq | Muvaffaqiyatli topshirilgan loyihalar (davlat organlari, tashkilot va korxonalar) |
| 100% Ijobiy xulosa | Ekspertiza tasdig‘i (barcha TT lar to‘liq tasdiqdan o‘tgan) |
| To‘liq muvofiq | Davlat standartlari kafolati (O‘z DSt 1987:2018) |
| 4+ Yil | Professional tajriba (IT tahlil, davlat arxitekturasi va ekspertiza) |
1. TZISHNIK.UZ HAQIDA
TZISHNIK.UZ — O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, ta’lim, va xususiy korxonalar uchun axborot tizimlari, mobil ilovalar va integratsiya platformalarining davlat standartlari (O‘z DSt 1987:2018) va dasturchi jamoa talablari asosida professional Texnik topshiriqlarni ishlab chiquvchi ekspert jamoasi hisoblanadi.
Batafsil2. XIZMATLAR RO‘YXATI
Texnik topshiriqni noldan ishlab chiqish
Loyiha g‘oyasidan tortib davlat standartlariga mos to‘liq rasmiy hujjatgacha.
Mavjud TT ni ekspertiza tahlili va auditi
Mavjud hujjatdagi strukturaviy, texnik, funksional va standartlar bo‘yicha kamchiliklarni aniqlash.
Ekspertiza topshirishga kompleks tayyorgarlik
TT hujjatini ekspertiza kengashiga topshirishdan oldin to‘liq tekshirish va rasmiylashtirish.
3. BAJARILGAN LOYIHALAR
"Sud HR" kadrlar axborot tizimi
Davlat xizmatchilarining elektron mehnat daftarchasi, test sinovlari, tanlovlar va KPI baholash platformasi.
4. KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR (FAQ)
Texnik topshiriq — bu axborot tizimining maqsadi, tuzilishi, funksiyalari, arxitekturasi, axborot xavfsizligi, integratsiyalari hamda foydalanish talablarini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy-texnik hujjatdir. U dasturchilar uchun aniq yo‘riqnoma, buyurtmachi uchun sifat nazorati vositasi hamda davlat ekspertizasi va moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Tizimning ko‘lami, modullar soni va integratsiya murakkabligiga qarab TT tayyorlash odatda 5 dan 30 ish kunigacha vaqt oladi. Masalan, kichikroq reyestr yoki portal uchun 7-10 kun, yirik idoralararo integratsiyalashgan platformalar uchun 20-30 ish kuni talab etiladi.
Biz hujjatni shunchaki yozib bermaymiz, balki ekspertiza kengashida ko‘rib chiqilish jarayonida ekspertlar tomonidan berilgan barcha savol va e’tirozlarni tahlil qilamiz, me’yoriy asoslangan javoblar tayyorlaymiz va kerakli tuzatishlarni kiritib, ijobiy xulosa olinguncha to‘liq hamrohlik qilamiz.
Loyihangiz uchun Texnik topshiriq kerakmi?
Dastlabki bepul konsultatsiya va hujjat auditini oling.